

#20 - Koreyada GRANTGA o‘qish
Episode notes
NOZIMA
Ro'yhatdan o'ting va talabamizga aylaning: https://cabinet.nordicuniversity.org/register?utm_source=ref_ytxchng
Podcastimizning ushbu sonida Nordik Universiteti "Xorijiy til va adabiyoti" yo‘nalishi 3-kurs talabasi Nozima mehmon bo‘ldi. U Janubiy Koreyadagi nufuzli Daegu University oliygohida GKS granti doirasida bir semestr davomida tahsil olib, unutilmas xalqaro tajriba orttirib qaytdi.
Ushbu samimiy suhbatda Nozima OTM tanlashdagi ikkilanishlari, nega aynan Nordikni tanlagani, GKS grantini qo‘lga kiritish jarayoni va viza rasmiylashtirishdagi qiyinchiliklar haqida ochiq-oydin gapirib berdi. Xorijda bepul o‘qishni va xalqaro tajriba orttirishni maqsad qilgan har bir abituriyent va talaba uchun ushbu podkast haqiqiy qo‘llanma vazifasini o‘taydi!