GASHTAK

GASHTAK

by Otabek Nuritdinov
Siz yashay olmagan hayotni undan talab qilmang - Aziz Rahimov
🎙️Gashtak podkasti yangi mehmoni - tadbirkor, “Rahimov School” asoschisi, Aziz Rahimov. Shifokorlikdan ta'lim sohasiga o'tish, kasb tanlashdagi katta qarorlar, ota-onalarning farzand kelajagidagi o'rni va zamonaviy ta'lim haqida ochiq hamda samimiy suhbat. Suhbat mavzularidan: Shifokorlikdan ta'limga o'tish sababi nima? Ota-ona orzusini bolaga yuklash Chet elda farzand tarbiyasi va diasporlar Rahimov maktablari ichki tizimi O'zbekistonga qanday mutaxassislar kerak? Ijod, kundalik yozish va o'z-o'zini anglash Maktabni sotish taklifi va meros
1,5 yilda - boshqa odam! - Islom Khalikov
Yangi Sog'lom Gashtak mehmoni - bir vaqtlar 135 kg og'irlikda bo'lgan Islom Xalikov, "Temir Intizom" orqali bugungi kunda o'z hayotini butunlay o'zgartirib, minglab odamlarni ilhomlantirib kelmoqda. Podkast mavzularidan: 135kg → 85kg transformatsiya Ovqatlanish sportdan ko'ra muhimroq O'zgarish, qarorlar va jamiyat bosimi Sog'lom turmush tarzining cho'ntakka ta'siri Intizomni shakllantirish uchun amaliy maslahatlar Suhbatni do'stlaringizga ulashishni va izohda o'z fikrlaringizni yozishni unutmang! Kanalga obuna bo'ling va yangi suhbatlarni birinchilardan bo'lib ko'ring!
Sahroda tirik qolish uchun 270 km! Sog’lom Gashtak
Sog‘lom Gashtakning navbatdagi sonida Sahro qiyinchiliklarini yengib o‘tgan yurtdoshimiz Farhod Furkatov bilan suhbatlashdik. Bu yugurish ortida 8 ta o‘zbek yigitini birlashtirgan buyuk bir maqsad - "Ezgu Amal" fondi orqali onkologik kasallik bilan kurashayotgan bolajonlar hayotini saqlab qolish missiyasi turgan edi. Podkast mavzularidan: Sahroda 270km yugurish muhiti va tayyorgarlik jarayonlari "Ezgu amal" xayriya fondi loyihasi "Shu narsa senga kerakmidi?" degan ichki fikrlar Jamoaviy qo‘llab-quvvatlash va "8 ta yurak" birdamligi jismoniy hamda psixologik farqlar qiyinchiliklar
Siyosatchilarga rahmim kelmaydi - Ibrat Safo
Podkastimizning yangi sonida - BBC O'zbek Xizmati (bbc.com/uzbek) Ibrat Safo bilan jurnalistika sohasidagi 20 yillik tajriba, Vatan, shaxsiy xavf, muhim qarorlar va boshqa qiziq mavzularda gashtaklashdik. Suhbat davomida: Jurnalistlar hukumat uchun xavfmi? Internet zamonida jurnalistikaning o’rni Diktatura, demokratiya va BBC O'zbekistondagi jurnalistlarga bosim Shaxsiy qarorlar va tajribalari haqida bilib oling
Hayot o’zgarmaydi, SIZ o’zgarasiz - Hasan Mamasaidov
Podkast mavzularidan: Tadbirkorlikka kirib kelish va dastlabki tajribalar Ichki senzura va siyosiy cheklovlar Sherik va jamoa tanlashdagi qarorlar Marketing va zamonaviy yondashuvlar Shaxsiy prinsiplar va kompromislar balansi haqida
Afsus qilmaslik uchun bugun nima qilish kerak? - Hasanxon Yahyo Abdulmajid
Suhbat mavzularidan: Fatvolarda hukumatning ta’siri Dunyoviy va diniy ilmlar Musofirlikda musulmonlik va qadriyatlarni saqlash Farzand tarbiyasi va boshqa dinlarga munosabat
Investorlar nimaga qarab pul beradi? - Behzod Hoshimov
🎙 #Gashtak podkast Yangi suhbat mehmoni - Behzod Hoshimov. Bu sonimizda investorlar aslida nimaga qarab qaror qabul qilishi, nega ba’zi startaplar pul olishi-yu, boshqalari e’tibordan chetda qolishi, jamiyatlardagi revolutsiya va diktatura haqida gaplashdik. Bu podkastda oddiy javoblar emas, balki o‘ylashga majbur qiladigan fikrlar berildi.
Mas’ullar ekologik muammolarga qarashmayapti - Urikguli
Suhbat mavzularidan: • Nega kattalarni o‘zgartirish qiyin? • Ekologiyani yaxshilashga xalq tayyor emasmi? • Bolalar orqali jamiyatni o‘zgartirish • O’tmish va hozirgi qadriyatlar • Chiqindilar qanday qilib iqtisod va sog‘liqqa ta’sir qiladi • Oddiy odam nima qila oladi?
Sardor Salyamov - Eng QIYIN o'zgarish tajribasi
Sog‘lom Gashtak yangi soni! Bu safar siz tanigan “Nma Gap” podcasti boshlovchisi Sardor Salyamov studiyamiz mehmoni bo‘ldi. Bu epizod oddiy sport haqida emas. Unda zararli hayot tarzidan intizomga o‘tish, yugurishda topiladigan haqiqiy zavq va inson o‘zini qachon hamda qanday o‘zgartirishi mumkinligi haqida gashtaklashdik. Shuningdek, suhbatda: - Kayfushalikdan chiqib, yangi hayot boshlash - Yugurishdagi “kayf” qanday bo‘ladi? - Ironman darajasiga chiqish: tayyorgarlik va qiyinchiliklar - O‘zini aldash va ichki qarorlar - Sport orqali hayotni o‘zgartirish mumkinmi? va boshqa qiziqarli mavzularni topishingiz mumkin.
"Reklama faqat BOSHLANISHI" - Malik Karimov Gashtak Podkastida
Gashtak mikrofoni oldida Malik Karimov - "Korzinka" supermarketlarining marketing bo‘yicha direktori. Suhbat davomida: Marketingning asl vazifasi Biznes reja, brend qurish va raqobat Davlat sektorida ishlash foydalari Yugurish va ommaviy tadbirlardagi tajribalari haqida gashtaklashdik. 📊 Agar siz marketing, biznes yoki brend strategiyasiga qiziqsangiz - bu suhbat aynan siz uchun. Tomosha qiling, yaqinlaringizga ulashing va fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring! ✅
1 of 8