NORDIC PODCAST

NORDIC PODCAST

di Nordic University
Stagione 3

#14 - 14 yil Xitoy energetikasini o'rgandim

AZIZBEK NIGMANOV Ushbu podkastda jahon iqtisodiyoti, xalqaro iqtisodiy munosabatlar va siyosatshunoslik bo'yicha mutaxassis Azizbek Nigmanov bilan qiziqarli suhbat qildik. Suhbat davomida uning bolaligi, ta'limdagi qiyinchiliklari, jahon iqtisodiyotini tushunish sirlari, shuningdek, universitet tanlashda ota-onalar va talabalar e'tibor berishi kerak bo'lgan jihatlar tahlil qildik. Sun'iy intellektning talabalar va kelajak mutaxassislari uchun xavf-xatarlari va imkoniyatlari ham keng muhokama qilindi. Savollaringiz bormi? Izohlarda yozib qoldiring! Kanalga obuna bo'ling va foydali kontentlarni o'tkazib yubormang. 📞 Murojaat uchun: +998 55 508 4400 📩 Telegram: https://t.me/nordikedu

#13 - Farroshlikdan Bosh Buxgalterlikgacha

MIRZAKUL TULAYEV Ushbu podkastda ko'p yillik tajribaga ega ustoz, amaliyotchi buxgalter va auditor Mirzakul To‘layev bilan qiziqarli suhbat olib boramiz. Suhbat davomida ustoz o'zining bolalik yillari, ta'lim tizimidagi qiyinchiliklar va yutuqlar, O'zbekistonda xalqaro buxgalteriya standartlarining kirib kelishi haqida so'zlab beradi. Shuningdek, talabalar hayoti, chet el dasturlari (Work and Travel), Qur'oni Karimdagi moliyaviy qoidalar hamda sun'iy intellektning bugungi biznes va buxgalteriya sohasiga ta'siri kabi dolzarb mavzular tahlil qilinadi. Savollaringiz bormi? Izohlarda yozib qoldiring! Kanalga obuna bo'ling va foydali kontentlarni o'tkazib yubormang. 📞 Murojaat uchun: +998 55 508 4400 📩 Telegram: https://t.me/nordikedu
Stagione 2

#12 - Amerikada o‘qish qanday bo'ldi?

DILMUROD Ushbu epizodda xalqaro Nordik universiteti "Computer Engineering" yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Dilmurod bilan suhbatlashamiz. U "Exchange" dasturi orqali AQShning nufuzli "Lawrence Technological University" (Michigan shtati)da tahsil olmoqda. Suhbat davomida Dilmurod quyidagi qiziqarli mavzular haqida so‘zlab beradi: • Amerikaga borish uchun qanday hujjatlar (GPA, IELTS) va viza jarayonlari kerak bo‘ldi? • Birinchi taassurotlar: Detroyt aeroporti va amerika aksentiga moslashish. • AQSh ta’lim tizimi: Kredit-modul tizimi, assignments va professorlar bilan ishlashning o‘ziga xosligi. • Kampus hayoti: 24/7 xavfsizlik, zamonaviy sport zallari va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar. • Halol ovqatlanish masalasi va kundalik xarajatlar qancha? • Bo‘lajak exchange talabalari uchun tavsiyalar. Agar siz ham xorijda, xususan AQSh, Janubiy Koreya, Polsha, Italiya yoki Malayziya kabi davlatlarda almashinuv dasturlari asosida o‘qishni istasangiz, ushbu video aynan siz uchun! Murojaat uchun: +998 55 508 4400 📩 Telegram: https://t.me/nordikedu

#11 - Amerikada "Double degree" dasturi qanday o'tmoqda

MUZAMMILXON Bu epizodda AQShda "double degree" dasturi bo‘yicha o‘qiyotgan talabamiz bilan suhbatlashamiz. U dastlab bir semestr davomida "Lawrence Technological University" da tahsil oldi, hozir esa magistraturanimg 2-yilini "Rowan University"da davom ettiryapti. Suhbat davomida u ikki xil universitetdagi o‘quv jarayoni, talabalik hayoti, farqlar va imkoniyatlar, shuningdek AQShda o‘qish unga qanday tajribalar bergani haqida gapirib beradi. Bu video Amerikada o'qishni o'ylayotganlar uchun foydali bo'ladi. Murojaat uchun: +998 55 508 4400 Savollar uchun: https://t.me/nordikedu

#10 - Malayziyada EXCHANGE qilyapmiz

MADINA & SHAXZODA Bu epizodda Malayziyada EXCHANGE dasturi asosida tahsil olayotgan yoshlar o‘z hayajonli taassurotlari, o‘qish jarayoni, madaniy muhit va kundalik hayotdagi qiziqarli voqealari bilan o‘rtoqlashadi. Ular xorijda o‘qishning afzalliklari, duch kelgan qiyinchiliklar, yangi do‘stlar, kampus hayoti va shaxsiy rivojlariga ta’siri haqida ochiqchasiga gapirib berishadi. Agar siz ham EXCHANGE dasturida qatnashishni o‘ylayotgan bo‘lsangiz yoki chet elda o‘qish va yashashga qiziqtirayotgan bo‘lsangiz — bu podkast aynan siz uchun! Murojaat uchun: +998 55 508 4400 Savollar uchun: https://t.me/nordikedu

#9 - 2 yil O'zbekistonda, 2 yil Yevropada

DIYORBEK & ARTUR Bu epizodda "Double Degree" dasturi bilan Finlyandiyada tahsil olayotgan Diyorbek va Artur o‘qish jarayoni, talabalik hayoti va moslashuv jarayoni haqida real tajribalari bilan bo‘lishadi. Ular Karelia amaliy fanlar universitetidagi o‘qishning afzalliklari, duch kelgan qiyinchiliklari va kelajakdagi rejalarini ham aytib berishadi. Bu suhbat — Finlyandiyada o‘qishni rejalashtirayotgan talabalar uchun 100% foydali bo'ladi. Murojaat uchun: +998 55 508 4400 Savollar uchun: https://t.me/nordikedu

#8 - Koreyada o‘qish va yashash: talabalar tajribasi

MASHHURA & FARZONA Mashhura va Farzona — bir oy oldin Koreyaga ketishgan. Endi ular til maktabida o‘qishyapti va yangi hayot, yangi madaniyat bilan tanishyapti. Ularning birinchi taassurotlari, kulgili holatlar va foydali maslahatlar shu videoda. Murojaat uchun: +998 55 508 4400 Savollar uchun: https://t.me/nordikedu

#7 - Finlandiyada Work&Travel qanday o'tmoqda

WORK-TRAVEL 2025 Bu onlayn podkastda Finlandiyaga "Work and Travel" dasturi orqali borgan besh nafar talaba bilan suhbatlashdik. Ular ishlash jarayoni, dastlabki kunlardagi qiyinchiliklar, ob-havo, yangi muhitga moslashish va Finlandiyadagi hayot haqida o'z fikrlari bilan bo‘lishdilar. Dastur yakunida ular Yevropa bo'ylab sayohat qilishni ham rejalashtirishmoqda. Murojaat uchun: +998 55 508 4400 Savollar uchun: https://t.me/nordikedu

#6 - Koreyaga ketish orzusi haqiqatga aylandi

NOZIMA & MASHHURA & FARZONA Uch nafar talaba — biri KGSP grantini qo‘lga kiritib Koreyada bepul ta'lim olgan, ikkitasi esa bu yilgi almashinuv dasturiga qabul qilingan. Bu podkastda ular orzulari, qo‘rquvlari va Koreyaga ketish sari bo‘lgan yo‘llari haqida so'zlab berishadi. Murojaat uchun: +998 55 508 4400 Savollar uchun: https://t.me/nordikedu

#5 - Abituriyentlar universitetdan nimani kutadi va aslida qanday?

ASILABONU & FAZILAT Bu epizod biroz noodatiy — unda abituriyent va talaba yuzma-yuz o'tirib, ochiq suhbat qurishadi. Abituriyentlarni qiziqtirgan va havotirga solgan barcha muhim savollarni birgalikda muhokama qilamiz. Murojaat uchun: +998 55 508 4400 Savollar uchun: https://t.me/nordikedu
2 di 3