GASHTAK

GASHTAK

di Otabek Nuritdinov

Kun.uz asoschisi, Daryo bosh muharriri - nega ishidan ketdi? Muhrim Aʼzamxoʻjayev

Gashtak podkasti yangi mehmoni - jurnalist, Kun.uz asoschisi va Daryo saytining sobiq bosh muharriri Muhrim A'zamxo'jayev. Jurnalistika, davlat mediasidagi chegaralar, propaganda va erkinlik, ijodda moliyaviy barqarorlik hamda O'zbekistonning kelajagi haqida ochiq va samimiy suhbat qildik. Suhbat mavzularidan: Asosiy ishidan nega ketdi? Gazeta.uz dagi ish faoliyati Qanday media loyihasini boshlash ma'qul? Yangiliklarni o'qish sog'liqqa zarar! Propaganda va PR jurnalistikaga kerakmi? Ijodda moliyaviy erkinlik bormi? "Lolazor" loyihasidagi ishtiroki haqida O'zbekistonga protestlar kerakmi?

Noto'g'ri tushunilishim mumkin, lekin baribir aytaman - Teacher Azam

Gashtak podkastining yangi mehmoni - Azam Qahramoniy yoki Teacher Azam, ingliz tili o‘qituvchisi va Englify platformasi asoschisi. Ingliz tili, ta’lim va tarbiya, tanqidiy fikrlash, jamiyatdagi “uyat” tushunchasi, insonning zaif nuqtalari, ochiq tanqid va blogerlik haqida ochiq suhbat qildik. Ingliz tili biz uchun imkoniyatmi yoki qochish yo‘limi? Bolalikdagi tarbiya va maktabdagi tanqid insonning keyingi hayotiga qanchalik ta’sir qiladi? Nega o‘z fikrimizdan ko‘ra boshqalarning fikridan ko‘proq qo‘rqamiz? Va ochiq gapirishning o‘z narxi bormi? Suhbat davomida: • Tanqidiy fikrlash va raqobat bizga nima beradi? • Ta’lim va tarbiyada qat’iy intizom ta’siri? • O‘zbek oilalaridagi “uyat” • Milliy g‘oyani kim va qanday shakllantiradi? • Ochiq tanqid, senzura va blogerlikning kelajagi • Duolingo, subtitr bilan film ko‘rish va ingliz tilini mustaqil o‘rganish haqida ham gaplashdik.

Hazillar ortida yechilmagan muammolar bor - Mirshakar Fayzulloyev, Islom Karimov

Gashtak podkasti yangi mehmonlari - stand-up komik, prodyuser Mirshakar Fayzulloyev va Islom Karimov. Ijod, jamoa boshqarish, pul va egoistlik, senzura chegaralari va "ichingizdagi bola"ni yo'qotmaslik haqida ochiq hamda samimiy suhbat qildik. Podcast mavzularidan: MTV show nega to'xtadi va qayta boshlanadimi? Standup klub ekosistemasi qanday quriladi? Komik bo'lish uchun diplom kerakmi? Hazil qanday yoziladi - sahna ortidagi "formula" Nega pul topish standup uchun eng qiyin masala? Yumorda chegara qayerda? Egoist bo'lish yomon emas!

Siz yashay olmagan hayotni undan talab qilmang - Aziz Rahimov

🎙️Gashtak podkasti yangi mehmoni - tadbirkor, “Rahimov School” asoschisi, Aziz Rahimov. Shifokorlikdan ta'lim sohasiga o'tish, kasb tanlashdagi katta qarorlar, ota-onalarning farzand kelajagidagi o'rni va zamonaviy ta'lim haqida ochiq hamda samimiy suhbat. Suhbat mavzularidan: Shifokorlikdan ta'limga o'tish sababi nima? Ota-ona orzusini bolaga yuklash Chet elda farzand tarbiyasi va diasporlar Rahimov maktablari ichki tizimi O'zbekistonga qanday mutaxassislar kerak? Ijod, kundalik yozish va o'z-o'zini anglash Maktabni sotish taklifi va meros

1,5 yilda - boshqa odam! - Islom Khalikov

Yangi Sog'lom Gashtak mehmoni - bir vaqtlar 135 kg og'irlikda bo'lgan Islom Xalikov, "Temir Intizom" orqali bugungi kunda o'z hayotini butunlay o'zgartirib, minglab odamlarni ilhomlantirib kelmoqda. Podkast mavzularidan: 135kg → 85kg transformatsiya Ovqatlanish sportdan ko'ra muhimroq O'zgarish, qarorlar va jamiyat bosimi Sog'lom turmush tarzining cho'ntakka ta'siri Intizomni shakllantirish uchun amaliy maslahatlar Suhbatni do'stlaringizga ulashishni va izohda o'z fikrlaringizni yozishni unutmang! Kanalga obuna bo'ling va yangi suhbatlarni birinchilardan bo'lib ko'ring!

Sahroda tirik qolish uchun 270 km! Sog’lom Gashtak

Sog‘lom Gashtakning navbatdagi sonida Sahro qiyinchiliklarini yengib o‘tgan yurtdoshimiz Farhod Furkatov bilan suhbatlashdik. Bu yugurish ortida 8 ta o‘zbek yigitini birlashtirgan buyuk bir maqsad - "Ezgu Amal" fondi orqali onkologik kasallik bilan kurashayotgan bolajonlar hayotini saqlab qolish missiyasi turgan edi. Podkast mavzularidan: Sahroda 270km yugurish muhiti va tayyorgarlik jarayonlari "Ezgu amal" xayriya fondi loyihasi "Shu narsa senga kerakmidi?" degan ichki fikrlar Jamoaviy qo‘llab-quvvatlash va "8 ta yurak" birdamligi jismoniy hamda psixologik farqlar qiyinchiliklar

Siyosatchilarga rahmim kelmaydi - Ibrat Safo

Podkastimizning yangi sonida - BBC O'zbek Xizmati (bbc.com/uzbek) Ibrat Safo bilan jurnalistika sohasidagi 20 yillik tajriba, Vatan, shaxsiy xavf, muhim qarorlar va boshqa qiziq mavzularda gashtaklashdik. Suhbat davomida: Jurnalistlar hukumat uchun xavfmi? Internet zamonida jurnalistikaning o’rni Diktatura, demokratiya va BBC O'zbekistondagi jurnalistlarga bosim Shaxsiy qarorlar va tajribalari haqida bilib oling

Hayot o’zgarmaydi, SIZ o’zgarasiz - Hasan Mamasaidov

Podkast mavzularidan: Tadbirkorlikka kirib kelish va dastlabki tajribalar Ichki senzura va siyosiy cheklovlar Sherik va jamoa tanlashdagi qarorlar Marketing va zamonaviy yondashuvlar Shaxsiy prinsiplar va kompromislar balansi haqida

Afsus qilmaslik uchun bugun nima qilish kerak? - Hasanxon Yahyo Abdulmajid

Suhbat mavzularidan: Fatvolarda hukumatning ta’siri Dunyoviy va diniy ilmlar Musofirlikda musulmonlik va qadriyatlarni saqlash Farzand tarbiyasi va boshqa dinlarga munosabat

Investorlar nimaga qarab pul beradi? - Behzod Hoshimov

🎙 #Gashtak podkast Yangi suhbat mehmoni - Behzod Hoshimov. Bu sonimizda investorlar aslida nimaga qarab qaror qabul qilishi, nega ba’zi startaplar pul olishi-yu, boshqalari e’tibordan chetda qolishi, jamiyatlardagi revolutsiya va diktatura haqida gaplashdik. Bu podkastda oddiy javoblar emas, balki o‘ylashga majbur qiladigan fikrlar berildi.
1 di 8