NORDIC PODCAST

NORDIC PODCAST

por Nordic University
Temporada 3

#24 - Chet elda o‘qishning MINUS tomoni: Malayziya tajribasi

EXCHANGE Bu safar Xalqaro Nordik universiteti talabalari Rayxona va Akbarbek bilan Malayziyadagi exchange dasturi haqida suhbatlashdik. Ular Malayziyaga yetib borish jarayoni, universitetdagi ilk kunlar, yotoqxona sharoitlari, forma talablari, darslar, imtihonlar, assignmentlar, xalqaro talabalar bilan muloqot, ovqatga moslashish, sayohatlar va mustaqil yashash tajribasi haqida ochiq gapirib berishdi. Agar siz ham chet elda o‘qish, exchange dasturlari yoki Nordikdagi xalqaro imkoniyatlar haqida o‘ylayotgan bo‘lsangiz, bu podcast aynan siz uchun.

#23 - Nordik talabasi exchange tajribasi haqida

FAZILAT Fazilat bir semestr davomida Malayziyada o‘qib qaytdi va suhbat davomida dasturga qanday topshirgani, saralash talablari, IELTS va GPA ahamiyati, u yerdagi dars jarayoni, kampus hayoti, yashash sharoitlari, qiyinchiliklar, sayohatlar va xalqaro talabalar bilan muloqot haqida ochiq gapirib berdi. Agar siz ham exchange dasturida qatnashishni, chet elda o‘qishni yoki Nordikdagi xalqaro imkoniyatlar haqida ko‘proq bilishni istasangiz, bu suhbat siz uchun foydali bo‘ladi.

#22 - O‘zbekiston tarixi qayerdan boshlanadi?

G'AYBULLA BOBOYOROV Podkastimizning ushbu sonida tarix fanlari doktori, professor G‘aybulla Boboyorov bilan tarixni qanday o‘rganish, milliy tarixni obyektiv talqin qilish, Markaziy Osiyo xalqlarining mushtarak ildizlari, turkiy xalqlar tarixi, qadimgi bitiklar va tarixchi bo‘lish yo‘li haqida suhbatlashdik. Bu podcast tarixga qiziqqan talabalar, yosh tadqiqotchilar va Markaziy Osiyo tarixini chuqurroq anglashni istaganlar uchun foydali bo‘ladi.

#21 - AQSHda 1 semestr o'qidim

DILMUROD Ushbu epizodda Nordik Universiteti 4-kurs talabasi Dilmurod bilan suhbatlashdik. U AQShning Michigan shtatida joylashgan nufuzli "Lawrence Technological University"(LTU) oliygohida talabalar almashinuvi (Exchange) dasturi bo‘yicha 1 semestr davomida IT va Kiberxavfsizlik yo‘nalishida tahsil olib qaytdi. AQShda o‘qish, xalqaro tajriba orttirish va dunyoqarashini kengaytirishni maqsad qilgan barcha abituriyentlar hamda talabalar uchun ushbu podkast haqiqiy manbaa bo‘lib xizmat qiladi!

#20 - Koreyada GRANTGA o‘qish

NOZIMA Ro'yhatdan o'ting va talabamizga aylaning: https://cabinet.nordicuniversity.org/register?utm_source=ref_ytxchng Podcastimizning ushbu sonida Nordik Universiteti "Xorijiy til va adabiyoti" yo‘nalishi 3-kurs talabasi Nozima mehmon bo‘ldi. U Janubiy Koreyadagi nufuzli Daegu University oliygohida GKS granti doirasida bir semestr davomida tahsil olib, unutilmas xalqaro tajriba orttirib qaytdi. Ushbu samimiy suhbatda Nozima OTM tanlashdagi ikkilanishlari, nega aynan Nordikni tanlagani, GKS grantini qo‘lga kiritish jarayoni va viza rasmiylashtirishdagi qiyinchiliklar haqida ochiq-oydin gapirib berdi. Xorijda bepul o‘qishni va xalqaro tajriba orttirishni maqsad qilgan har bir abituriyent va talaba uchun ushbu podkast haqiqiy qo‘llanma vazifasini o‘taydi!

#19 - Oliy ta'limni endi bozor tartibga soladi

MUHAMMADSIDIQ AMONBOYEV Ro'yhatdan o'ting va talabamizga aylaning: https://cabinet.nordicuniversity.org/register?utm_source=ref_iqtisodyt Ushbu podkastda Nordik Xalqaro Universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, iqtisodchi professor MuhammadSiddiq Amonboyev bilan oliy ta’lim tizimi, global tajribalar va iqtisodiy islohotlar mavzusida suhbat qurilamiz. Suhbat davomida qishloq sharoitida traktorchi oilasida ulg‘aygan bolaning ilm-fanga kirib kelishi, Ispaniya, Angliya, Daniya va Xitoy oliy ta’lim tizimidagi shaxsiy kuzatuvlari hamda bugungi kun yoshlarining kasb tanlashdagi eng katta xatolari tahlil qilinadi. Podkast shunchaki universitet targ‘iboti emas, balki raqamli asrda bilimning qadrsizlanishi, sun’iy intellekt va 2026-yildagi mehnat bozori tendensiyalari haqida haqiqiy qo‘llanma bo'ladi.

#18 - Volontyorlik talabaga nima beradi?

ZAFAR & IRODA Bu safargi podkastimizda Nordik talabalari bilan birgalikda universitet hayoti, ta'lim sifati, xususiy oliygohlar haqidagi turli qarashlar va shaxsiy o'sish yo'li haqida juda samimiy va ochiqchasiga suhbatlashdik. 🎙 TasIMO xalqaro matematika olimpiadasidagi sarguzashtlari, 15 ta davlatdan kelgan 152 ta ishtirokchi va xorijiy delegatsiyalar bilan ishlash mas'uliyati, Pokiston, Qirg'iziston kabi davlatlardan kelgan mehmonlarni bilan kutilmagan viqealar va qiziqarli lahzalarni boricha hikoya qilingan. Savollaringiz bormi? Izohlarda yozib qoldiring! Kanalga obuna bo'ling va foydali kontentlarni o'tkazib yubormang. 📞 Murojaat uchun: +998 55 508 4400 📩 Telegram: https://t.me/nordikedu

#17 - Toshkentdan Parijgacha: Haqiqiy Yevropa sarguzashtlari

FAZLIDDIN & SEVINCH Bu safargi podkastimizda Evropada "work and travel" dasturi doirasida bo'lib qaytgan talabalarimiz bilan qiziqarli sarguzashtlar, mustaqil hayot maktabi va Evropa bo'ylab qilingan unutilmas sayohatlar haqida ochiqchasiga suhbatlashdik. Videoda talabalarimiz Finlandiyadagi mashaqqatli ish hayoti — tonggi soat 4 da turib ishlash, Fin tili bilan bog'liq qiyinchiliklar va dastur davomida soliqlardan tashqari 3000 evrogacha sof daromad topish sirlari bilan bo'lishishadi. Chet elga chiqish, ishlash va sayohat qilishni rejalashtirayotgan har bir yosh uchun ushbu video ajoyib motivatsiya va haqiqiy yo'riqnoma vazifasini o'taydi. Savollaringiz bormi? Izohlarda yozib qoldiring! Kanalga obuna bo'ling va foydali kontentlarni o'tkazib yubormang. 📞 Murojaat uchun: +998 55 508 4400 📩 Telegram: https://t.me/nordikedu

#16 - Xususiy universitetda o‘qish yaxshimi yoki Davlatnikidami?

ISMOILJON & NODIRABEGIM Bu safargi maxsus podkastimizda Nordic University (Nordik universiteti) talabalari — Ismoiljon va Nodirabegim bilan oliygoh hayoti, xalqaro imkoniyatlar va talabalikning tub mohiyati haqida ochiqchasiga va samimiy suhbatlashdik. Ko‘plab abituriyentlar va ota-onalar universitet tanlash arafasida xususiy oliygohlar haqida turli shubha va qo‘rquvlarga duch kelishadi: "Diplom o‘tadimi?", "Ta’lim sifati qanday?", "Xususiy va davlat universitetlarining nima farqi bor?". Ko‘rsatuvimiz davomida aynan shu savollarga talabalarning shaxsiy tajribasi orqali javob topamiz. Shuningdek, podkastda birinchi kursning o‘zidayoq "Work and Travel" dasturi orqali Finlandiyaga borish, ertalab soat 4 da turib ishlash mashaqqatlari, darslardagi Hard va Soft skilllar muvozanati hamda xalqaro TasIMO matematika olimpiadasida volontyorlik qilish orqali qanday qilib xalqaro networking qurish mumkinligi haqida batafsil so‘z boradi. Agarda siz ham kelajagingizni to‘g‘ri rejalashtirmoqchi bo‘lsangiz, ushbu videoni oxirigacha ko'ring! Savollaringiz bormi? Izohlarda yozib qoldiring! Kanalga obuna bo'ling va foydali kontentlarni o'tkazib yubormang. 📞 Murojaat uchun: +998 55 508 4400 📩 Telegram: https://t.me/nordikedu

#15 - Talabalikdan maksimum foydalanish siri

ELSHOD UMAROV Bu safargi epizodimizda yana bir marta Elshod Umarov bilan talabalar hayoti, xorijda ta'lim olish sirlari va shaxsiy rivojlanish mavzularida ochiq suhbatlashdik. Dasturda Janubiy Koreyada magistraturada o'qish, musofirchilikdagi ilk qiyinchiliklar va moslashish jarayonida "networking"ning ahamiyati haqida so'z boradi. Shuningdek, talabalar uchun ajoyib xalqaro imkoniyatlar — Student Exchange, Double Degree (ikki davlat diplomi) va Work & Travel (Finlyandiya hamda Bolgariyada ishlash va sayohat qilish) dasturlarining afzalliklari batafsil tushuntirib berildi. Dastur so'nggida abituriyentlar universitet tanlashda nimalarga e'tibor berishi kerakligi va faqat diplom uchun o'qishning oqibatlari haqida muhim maslahatlar berildi. Xorijda o'qishni va katta marralarni maqsad qilgan har bir yosh uchun foydali suhbat! Savollaringiz bormi? Izohlarda yozib qoldiring! Kanalga obuna bo'ling va foydali kontentlarni o'tkazib yubormang. 📞 Murojaat uchun: +998 55 508 4400 📩 Telegram: https://t.me/nordikedu
1 de 3